

Qayd etilishicha, "Lion" va fransiyalik futbolchi o'rtasida kelishuv mavjud bo'lib, u futbolchiga kelasi yozda klubini o'zgartirish imkonini beradi. Qishda futbolchini Dortmundning "Borussiya" klubi o'z safiga qo'shib olmoqchi edi. Ammo, kelishuv amalga oshmadi.
Rayan Sherki joriy mavsum "Lion" safida jami 34 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 18 ta assist qayd etdi. Transfermarkt francuzni 30 mln evroga baholamoqda.



