"Liverpul" "Portu" hujumchisi Dias bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi

Alisher
29 yanv 2022
"Liverpul" "Portu" hujumchisi Luis Dias bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 25 yoshli kolumbiyalik futbolchi ingliz klubi bilan besh yillik shartnoma imzolaydi.

"Liverpul" va "Portu" transferni tez orada rasmiylashtirishi mumkin.

Hujumchi joriy mavsum "Portu" libosida 28ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol va 5ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano