"Liverpul" Origini Kabakka almashmoqchi

Alisher
25 dek 2020, 16:54
"Liverpul" hujumchisi Divok Origi qishki transferlar oynasida klubdan kyetishi mumkin.

"Qizillar" 25 yoshli belgiyalik futbolchini "Shalke" himoyachisi Ozan Kabakka almashtirishni xohlashmoqda.

Origi joriy mavsum 7ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi. Kabak esa barcha musobaqalarda 8ta o'yinda maydonga tushdi.

Eslatib o'tamiz, Origi "Liverpul"ga 2014 yilda "Lill"dan o'tgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Ruhr24