"Liverpul" nima uchun Mourinyuni tanlamaganini aytdi

Mirjalol Normatov
30 mar 2020, 21:39
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Jeymi Karrager 2004 yilda klub nima sababdan Joze Mourinyuni emas, balki Rafa Benitesni tanlaganini aytdi.

"Joze kabi murabbiy "Liverpul"ni boshqarmasligi odamlarning tasavvurida bor. Balki uning o'zini tutishi sabab shunday bo'lgandir.

Garchi u boshqargan "Portu" YCHLda "Manchester Yunayted"ni "Old Trafford"da turnirdan chiqarib yuborgan bo'lsa-da, Joze "Liverpul" uslubidagi murabbiy emasdi.

Doimo Benites bizning bosh murabbiy bo'ladi deb hisoblaganman. Chunki u o'zini bosib yurishni biladi", - dedi Karrager.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal