"Liverpul" muxlislari "Barselona" futbolchilarining dam olishiga halal berishdi

Aslanov Jasurbek
7 may 2019
Bugun, 7 may kuni "Liverpul" hamda "Barselona" o'rtasida Chempionlar ligasi yarim final javob o'yini bo'lib o'tadi.

Ushbu jamoalar o'rtasidagi ilk bahsda Kataloniya klubi 3:0 hisobida g'alaba qozongan edi.

6 may kuni "Barselona" futbolchilari "Enfild"da mashg'ulot o'tkazishdi. Mashg'ulotdan so'ng ular Liverpul shahridagi "Chavasse Park" mehmonxonasiga jo'nab ketishdi. Tonggi soat 4da "Liverpul" muxlislari Kataloniya klubi o'yinchilari dam olishiga halaqit berish uchun salyut uyushtirishdi.

TAS-IX emas

"Tvitter"da "qizillar"ning bezori ishqibozlari foydalangan "qurollar" surati e'lon qilindi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail