"Liverpul" Mak Allister uchun taklif bilan chiqdi

Sherzod Nurmatov
4 may 2023
"Qizillar" "Brayton" yarim himoyachisi Aleksis Mak Allisterni qo'lga kiritmoqchi.

Buni jurnalist va insayder Fabricio Romano ma'lum qildi.

Manbaga ko'ra, muzokaralar davom etmoqda, biroq hozircha kelishuvga erishilmagan.

24 yoshli argentinalik ushbu mavsum "chaykalar" safida barcha musobaqalarda 33 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 2 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano