

Turnir hal qiluvchi bahsining asosiy va qo'shimcha bo'limlarida hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida esa "qizillar" 11:10 hisobida g'alaba qozonib, bosh sovrinni qo'lga kiritdi.
Biroq klub ushbu chempionlik uchun deyarli daromadga ega bo'lmaydi. G'olib jamoa atigi 100.000 funt-sterlingni qo'lga kiritadi. Taqqoslash uchun, Angliya kubogi g'olibi 1.8 mln funt-sterlingga ega bo'ladi.
Shunga qaramay, yetakchi klublar ushbu titul uchun jiddiy raqobat olib borishadi. Bu ularning nufuziga hamda zaxirada qolib ketayotgan futbolchilarning o'yin amaliyotiga ega bo'lishiga ta’sir ko'rsatadi.



