"Liverpul" Kulibali uchun kurashda yetakchi

Alisher
11 avg 2020
"Liverpul" "Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali bilan shartnoma imzolashga yaqin.

"Qizillar" senegallik futbolchi uchun kurashda yetakchidir, klub himoyachi uchun 90 million funt to'lashga tayyor.

Xabarlarga ko'ra, "Manchester Yunayted", PSJ va "Real" klublari ham Kulibali uchun davogarlik qilishmoqda.

Futbolchi joriy mavsum A Seriya doirasidagi 25ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport