"Liverpul" Koutino o'rniga futbolchi topdi, ammo u London klubiga o'tmoqchi

Aslanov Jasurbek
12 yanv 2018
Filippe Koutinoni 160 mln. evroga sotgan "Liverpul" braziliyalik futbolchi o'rniga yarim himoyachi topdi.

Daily Express nashrining xabariga ko'ra, "qizillar"ning qishki transfer oynasidagi maqsadi "Lester Siti" futbolchisi Riyad Maxrez. Biroq jazoirlik Yurgen Klopp jamoasida emas, "Arsenal"da o'ynamoqchi.

Maxrez joriy mavsum APLning 22ta uchrashuvida maydonga tushib, 7ta gol urdi va 7ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia