"Liverpul" Kariusni tekinga qo'yib yuborishi mumkin

Alisher
31 okt 2021
"Liverpul" darvozabon Loris Karius bilan qishki transfer oynasida xayrlashishi mumkin.

Mersisaydliklar 28 yoshli nemis bilan shartnomani yanvarda bekor qilishmoqchi, sababi u o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqchi, klub esa futbolchini sota olmayapti.

Eslatib o'tamiz, Karius "Liverpul" safida rasmiy o'yinlarda 2017/18 yilgi mavsum "Real" (1:3)ga qarshi CHL finalidan beri maydonga tushmadi.

U "Beshiktosh" va "Union" jamoalarida ijara asosida harakat qildi.


AlisherMuallif
Manba: Mirror