"Liverpul" jahon chempioni transferini kelishib qo'ydi

Omonjon To`xtamirzayev
5 iyun 2023
Yarim himoyachi Aleksis MakAllister "Brayton"dan "Liverpul"ga o'tmoqda.

Tomonlar to'liq kelishuvga erishdi, futbolchi "qizillar" bilan 2028 yilgacha shartnoma imzolaydi. Transfer summasi 60 million funt sterlingdan kamroq bo'ladi. 

Argentinalik 48 soat ichida yangi jamoasida tibbiy tekshiruvdan o'tadi.



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia