"Liverpul" futbolchisi PSJga o'tish variantini o'rganmoqda

Alisher
15 fev 2025
PSJ "Liverpul"ning 25 yoshli himoyachisi Ibraima Konate bilan yozda shartnoma imzolamoqchi.

Fransiya grandi mayda 31 yoshni qarshilaydigan himoyachi Markinos uchun uzoq muddatli o'rinbosar izlamoqda. Qayd etilishicha, Konatening o'zi tug'ilgan Parij shahriga qaytish variantini ko'rib chiqmoqda.

Konate 2021 yilning yozidan beri "Liverpul" tarkibida o'ynaydi. O'yinchining klub bilan amaldagi mehnat kelishuvi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: ESPN