APL tarixidagi eng yosh futbolchi "Liverpul"ga o'tishga yaqin

Alisher
8 iyul 2019
"Fulxem" hujumchisi Xarvi Elliot "Liverpul"ga o'tishni rejalashtirmoqda.

Xujumchiga shuningdek "Real" va PSJ klublari ham raqobatlashmoqda. Elliot APLda 16 yosh 30 kunligida debyut qilgan holda, Premer-ligada o'ynagan eng yosh futbolchiga aylangan edi.

U o'zining professional futbolchilik shartnomasini kelasi yilda 3 yildan ortiq bo'lmagan muddatda imzolashi mumkin.

16 yoshli futbolchi yakunlangan mavsum 28ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 5ta assistga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: The Telegraph