"Liverpul" dunyoning eng qimmat himoyachisini sotib oldi FOTO
Narzulla Saydullayev
28 dek 2017, 10:05
Kecha "Liverpul" klubi "Sautgempton"dan gollandiyalik himoyachi Virgil Van Deykni sotib olganini e'lon qildi.
Futbolchi 75 million funt sterling evaziga "Liverpul"ga o'tdi va dunyoning eng qimmat himoyachiga aylandi. Bunga qadar rekord "Manchester Siti"ning ikki himoyachisi Kayl Uoker va Jon Stouns, "Chelsi" vakili David Luizga tegishli edi.