"Liverpul" Devisni "Sheffild"ga ijaraga berdi. Himoyachi mersisaydliklar tarkibida hali o'ynamadi

Alisher
17 avg 2021
Himoyachi Ben Devis "Liverpul"dan ketdi.

O'yinchi ushbu mavsumni "Sheffild Yunayted"da ijara asosida o'tkazadi. U 22-raqam ostida o'ynaydi.

Angliyalik futbolchi "Preston"dan qishda bonuslar bilan birga 1,6 million funt evaziga xarid qilingan edi, ammo u "qizillar" tarkibida bu vaqt davomida umuman rasmiy o'yinda ishtirok etmadi.


AlisherMuallif
Manba: sufc.co.uk

O'xshash yangiliklar