"Liverpul" darvozaboni bilan shartnomani uzaytirdi

Alisher
16 iyul 2019, 16:04
Mersisaydliklar Kamil Grabara bilan yangi shartnoma imzolashdi va uni ijaraga berib yuborishdi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Yangi shartnoma 3 yilga mo'ljallangan. Futbolchi shu zahotiyoq APLdan Chempionshipga ravona bo'lgan "Xaddersfild"ga 1 yilga ijaraga beriladi.

Grabara 2016 yildan Polshaning "Rux" jamoasidan kelgan. U o'tgan mavsumga qadar bosh jamoaning mashg'ulotlarida qatnashgan edi.

Futbolchi yanvarda Daniyaning "Orxus" klubiga ijaraga berilgan va jamoa tarkibida 16ta o'yinda qatnashgan.


AlisherMuallif
Manba: liverpoolfc.com