"Liverpul" Cimikas bilan shartnoma uzaytirilganini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
26 sen 2023
"Qizillar" matbuot xizmati himoyachi Konstantinos Cimikas bilan bitim uzaytirilgani haqida ma'lumot berdi.

Gretsiyalik o'yinchining "qizillar" bilan tuzgan yangi bitimi 2027 yilgacha amal qiladi.

Cimikas "Liverpul"dagi uch yildan sal ko'proq vaqt ichida 63 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 2021/22 yilgi mavsumda Angliya Kubogi va Liga Kubogini qo'lga kiritdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: liverpoolfc.com