"Liverpul" Chempionshipdagi himoyachi bilan shartnoma imzolaydi

Alisher
1 fev 2021, 10:07
"Liverpul" "Preston" himoyachisi Ben Devisning transferi borasida kelishuvga erishdi.

"Qizillar" 25 yoshli markaziy himoyachi uchun 2 million funt to'lashadi. Bitim bugun tuziladi.

Devis "Preston" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 19ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, Klopp jamoasining himoya chizig'ida muammolar bor, aniqrog'i deyarli barcha markaziy himoyachilar jarohat olishgan.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports