"Liverpul" Chempionlar ligasi uchun qanday kurashmoqda?

Tolibjon Qosimov
25 fev 2014
"Liverpul" APL tarixida birinchi marta 27 turdan so'ng 56 ochko jamg'ardi.
"Liverpul" bu mavsum 9 o'yinda to'rttadan ko'p to'p kiritdi. Bugungi kunda APL rekordi 10 ta o'yinga teng.


"Liverpul" futbolchilari bu mavsum 15,5 ta o'yinda 48 ta gol urishdi. 2011-2012 yilgi mavsumda "Liverpul" futbolchilari 47 ta gol urishgan edi.


Shuningdek, "Liverpul" APLda bu yil hali mag'lubiyatga uchramadi, futbolchilar esa ketma-ket 17 uchrashuvdan buyon maydonni golsiz tark etishmayapti. Bu barcha jamoalar orasida ushbu mavsumdagi eng uzun seriya bo'lib turibdi.


"Suonsi"ga qarshi uchrashuvda "Liverpul" mavsumdagi 70-golini kiritdi. Bu ham hozircha APLdagi eng yaxshi ko'rsatkich ("Manchester Siti" hisobida 69 gol bor va bitta kam o'yin o'tkazgan).


"Liverpul" futbolchilari jarima maydonchasi tashqarisidan darvoza tomon 120 ta zarbani amalga oshirishgan. Bu APLdagi eng yaxshi ko'rsatkich. Shuningdek, "Liverpul" qarshi hujum va standart vaziyatlardan ko'p to'p kiritishda ham yetakchilik qilmoqda.


"Liverpul" futbolchilari tomonidan bosh bilan berilgan zarabalarning 15tasi darvoza tomon aniq borgan va shundan 11tasi golga aylangan


"Suonsi"ga qarshi bahsda Luis Suares 9-golli uzatmani amalga oshirdi. Bu APLdagi eng yaxshi natija (Stiven Jerrard va Ueyn Runida ham shuncha samarali uzatma bor).


Daniel Starrij APLda ketma-ket 8 uchrashuvdan buyon gol urmoqda. Ingliz hujumchisi 19 uchrashuvda 18 bor to'p kiritdi.


"Liverpul"ning 58,1 % golini Suares-Starrij juftligi kiritgan. Ular 27 o'yindan 22 tasida gol urishgan.


Tolibjon Qosimov tayyorladi


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru