"Liverpul" "Bolton" darvozaboni Adam Bogdanni o'z safiga qo'shib oldi
Aslanov Jasurbek
12 iyun 2015
"Liverpul" rasmiy sayti "Bolton" darvozaboni Adam Bogdan bilan kelishuvga erishganini ma'lum qildi.
Posbon 1 iyulda erkin agent sifatida qizillar safiga qo'shiladi. Bu "Liverpul"ning uchinchi xaridi. Bungacha qizillar Denni Ings, Jeyms Milner bilan shartnoma tuzgan edi.