"Liverpul" biz uchun o'ldi" - klub muxlislari Superliganing tashkil qilinishidan mamnun emas

Mirjalol Normatov
20 apr 2021
"Liverpul" muxlislariga klubning yangi mavsumda tuziladigan Superligada ishtirok etishi g'oyasi maqul kelmagan ko'rinadi.

Olingan ma'lumotlarga qaraganda, klub muxlislari ertalabdan buyon "Enfild" stadionida namoyishlar uyushtirib, "Liverpul"ning bu ligadan chiqib ketishini talab qilishmoqda.

Shuningdek, "Enfild" atrofi shunday bannerlarga to'lib ketgan:

"Uyat, "Liverpul". RIP 1982-2021"

Qayd etilishicha, yangi turnir 2021 yilning avgust oyida start oladi. Hozircha unda Yevropaning eng katta 12 klubi qatnashishini ma'lum qilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal