

Manbaning xabariga ko'ra, Angliya klubi futbolchini yozgi transfer oynasida sotib olmoqchi. Ispaniyaliklar uni 30 million evroga baholashmoqda. Shuningdek, yarim himoyachi "Everton" qiziqishlari doirasiga ham kirib qolgan.
28 yoshli Rodriges joriy mavsum "Betis" safida 9 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. Uning klub bilan bitimi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan. U Argentina terma jamoasida 25 ta o'yin o'tkazib, raqib darvozasini 1 bor ishg'ol qilgan.



