

Shu tariqa, Liverpul APLda qatorasiga ettita o'yinda g'alaba qozondi. Gollar nisbati 20:7. Shuningdek, Yurgen Klopp shogirdlari ketma-ket uchta o'yinda o'z darvozalarini daxlsiligini saqlab kelishmoqda.
Liverpul oxirgi marta 1 aprel kuni Manchester Sitiga qarshi safarda (1:4) mag'lub bo'lgan edi. Liverpul mavsumning qolgan ikki o'yinida Aston Villa va Sautgempton bilan o'ynaydi.
Ayni damda Klopp shogirdlari APLda 36 ta turdan so'ng 65 ochko bilan turnir jadvalini beshinchi pog'onasida ketmoqda.



