"Liverpul" Alisson bilan shartnomani 2026 yilga qadar uzaytirishga yaqin

Alisher
18 iyul 2021
"Liverpul" darvozaboni Alisson klub bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, klub 28 yoshli braziliyalik futbolchi bilan bitimni 2026 yilning iyuniga qadar uzaytirishga yaqin.

Alisson 2018 yilning yozida beri "Liverpul"da o'ynaydi.

Futbolchi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 42ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano