"Lion"ga qarshi o'yinda Onana darvozani qo'riqlaydi

Administrator
16 apr 2025
Darvozabon "Nyukasl"ga qarshi o'yinda zaxirada qolgandi.

Andre Onana "Lion"ga qarshi o'yinda "MYU"ning asosiy tarkibida maydonga tushadi. Darvozabon APLdagi "Nyukasl" bilan o'yinni o'tkazib yuborgan edi. Yevropa Ligasi 1/4 final javob uchrashuvi ertaga Fransiyada bo'lib o'tadi. Dastlabki o'yin 2:2 hisobida durang bilan yakunlangan edi. Onaning 25 va 95-daqiqalardagi xatolari "Lion"ning gollariga sabab bo'lgan.

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim kamerunlik darvozabon inglizlarning asosiy tarkibida o'ynashini ma'lum qildi.

Eslatib o'tamiz, Onana Angliya Premer-ligasining 32-turida "Nyukasl"ga qarshi o'yinni (1:4) dam olish uchun o'tkazib yuborgan edi.


AdministratorMuallif
Manba: Manchester Evening