

“Agar hammasi yaxshi kechsa, terma jamoadagi faoliyatimni davom ettiraman. Messi ortidan ulkan va betakror meros qoldirmoqda. Xotiramda aynan shu narsa muhrlanib qoladi. Maydonda bunday futbolchi endi hech qachon bo'lmaydi va biz undan cheksiz minnatdormiz. Federatsiya bilan shartnomani uzaytirish masalasiga kelsak, hozircha hech qanday yangilik yo'q”, - deya Skaloni so'zlarini keltiradi TyC Sports.
Eslatib o'tamiz, Lionel Skaloni Argentina terma jamoasi bilan jahon chempioni unvonini qo'lga kiritgan.



