Lionel Messi “Barselona”ga “Levante”ga qarshi o'yinda yordam bera oladi

“Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi, Ispaniya chempionatining 1-turidan o'rin olgan “Levante”ga qarshi bo'ladigan o'yinda maydonga tushadi. U belidan olgan jarohatidan to'liq sog'ayib ulgurgan.

Shu bilan birgalikda jamoaga, o'tgan hafta salomatligidan shikoyat qilgan yarim himoyachi Sesk Fabregas ham yordam berishi mumkin.

“So'nggi ikki hafta davomida ikkala futbolchi ham odatiy tarzda mashg'ulotlar olib borishdi. Shu sabab ularning o'yinda ishtiroki borasida hech qanday muammo bo'lmaydi”, - Xerardo Martinoning so'zlarini keltiradi "L`Equipe".

“Barselona”ning o'yinga tushadigan futbolchilar ro'yxati quyidagicha ko'rinish olgan: Valdes, Pinto, Pike, Alba, Maskerano, Dani Alves, Bartra, Adrianu, Fabregas, Xavi, Inesta, Buskets, Pedro, Telo, Messi, Neymar, Song, Aleksis Sanches.


Manba: football.kulichki.net