Lionel Messi: "Barselona" muxlislari Gvardiolani qo'llab-quvvatlashiga umid qilaman"

Aslanov Jasurbek
5 may 2015, 18:13
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi "Bavariya"ga qarshi Chempionlar ligasi yarim final birinchi uchrashuvidan oldin raqib jamoa murabbiyi Pep Gvardiola haqida fikr bildirib o'tdi.

"Gvardiola menga o'rgatganlarini unutmaslikka harakat qilaman. Men u bilan ko'p muvaffaqiyatlarga erishganman. Barselona" muxlislari Gvardiolani qo'llab-quvvatlashiga umid qilaman, chunki u bizning jamoa bilan barcha sovrinni qo'lga kiritgan. Men murabbiylarni solishtirishni yoqtirmayman. Ularning har biri o'zgacha va yangi murabbiy kelganida undan o'zgarishlarni kutamiz. Pep ham, Luis Enrike ham jamoa bilan aloqani yaxshilashga urinadi" - deydi Messi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru