Lionel Messi Argentina terma jamoasiga qaytadimi?

Aslanov Jasurbek
28 yanv 2019
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi tez orada Argentina terma jamoasiga qaytishi kutilmoqda.

Messi Braziliyada o'tadigan Copa America 2019 oldidan milliy jamoaga qaytadi. Forvard Argentina terma jamoasi bilan ushbu sovrin yutishga yana bir bor urinib ko'radi.

Amerika Kubogi 14 iyundan 7 iyulgacha Braziliyada bo'lib o'tadi. Argentina terma jamoasi "B" guruhida Kolumbiya, Paragvay va Qatar bilan keyingi bosqich uchun kurash olib boradi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS