Lionel Messi: Argentina futbol Federatsiyasi rasvo ishlamoqda

Narzulla Saydullayev
24 iyun 2016
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Argentina futbol Federatsiyasini tanqid qildi.

Yana samolyotda o'tiribmiz, uchishga ruhsat berishlarini kutayapmiz. Ey xudo, bizning futbol federatsiyamiz bunchalik rasvo ishlamasa, - deb yozadi Messi instagramdagi o'z sahifasida.

Argentina terma jamoasining samolyoti bir necha soatga ushlanib qoldi. Argentinaliklar Amerika kubogi finalida Chiliga qarshi o'yin uchun Nyu-Jersiga uchib ketishmoqda.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: instagram.com/leomessi