Lionel Messi 2019 yilning eng yaxshi pleymeykeri deb topildi

Alisher
28 noya 2019
"Barselona" hujumchisi navbatdagi mukofotga ega chiqdi.

"Barselona" hujumchisi Lionel Messi Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) tomonidan yakuniga etayotgan yilning eng yaxshi pleymeykeri deb topildi.

Argentinalik futbolchi 299 ochko jamg'ardi.

Ikkinchi o'rinni "Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne (85 ochko) egallagan bo'lsa, uchinchi o'ringa Eden Azar ("Chelsi"/"Real", 55 ochko) loyiq deb topildi.


AlisherMuallif
Manba: IFFHS