

Bu haqda Jazoir futbol federatsiyasi prezidenti Xajid Zefizef xabar qildi.
"Ussem Auar bizga Jazoir terma jamoasi safiga qo'shilishga roziligini ma'lum qildi. Biz shuningdek Amin Guiri bilan muzokaralar olib boryapmiz, ammo hali hech narsa hal bo'lgani yo'q", - deydi boshqaruvchi.
"Renn" forvardi Amin Guiri va "Lion" xavbeki Ussem Auar Fransiyada tug'ilishgan va ikkisida ham Fransiya fuqaroligi bor, shuningdek ular milliy jamoaning turli yosh toifalarida harakat qilishgan.



