"Lion" prezidenti: "Tolisso transferi borasida "Yuventus"ga ikki bor rad javobini berdik"

Tolibjon Qosimov
10 yanv 2017
"Lion" prezidenti Jan-Mishel Ola klub yarim himoyachi Korentin Tolisso transferi borasida "Yuventus"ga ikki marotaba rad javobini berganini aytib o'tdi.
- "Yuventus" Tolisso transferi borasida bizga taklif bilan chiqqani rostmi? Ha, huddi shunday. "Yuventus" o'tgan yozda va ushbu qishda taklif bilan chiqdi. Lekin, biz hozir Tolissoni sotmoqchi emasmiz, - deya "Lion" prezidentining so'zlarini keltirmoqda "RMC".

Eslatib o'tamiz, oldinroq "Yuventus" 22 yoshli Tolissoga 30 million evro taklif qilgani ma'lum qilingan edi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: RMC