"Lion" "Arsenal" sobiq o'yinchisini 25 million evro evaziga sotib oldi

Alisher
15 avg 2019
"Anje" yarim himoyachisi Jeff Ren-Adelaid "Lion"ga o'tdi.

Transfer 25 million evroni tashkil etmoqda. Bundan tashqari 2,5 million bonuslar sifatida belgilangan.

"Anje" shuningdek o'yinchining keyingi sotuvidan 15 foiz oladi.

25 yoshli futbolchi klub bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi.

U yakunlangan mavsum Fransiya chempionatida 36ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assistga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/OL