Lineker: "Haqiqiy muxlislar maydonga tushishi uchun chiptalar narxini arzonlashtirish vaqti keldi"

Aslanov Jasurbek
12 fev 2015, 14:46
Hozirda Britaniya televideniyasida mutaxassis sifatida ish olib borayotgan, Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Gari Lineker Angliya Premer-ligasi o'yinlarining chiptalar narxini arzonlashtirish vaqti keldi deb o'yladi.

Oldinroq Angliya telekanali APL uchrashuvlarini 2016 yildan 2019 yilgacha translyatsiya qilish uchun 5,14 mlrd funt to'lashi ma'lum bo'ldi.

"Televizion shartnoma uchun 5 mlrd. Premer-liga pulga cho'milyapti. Haqiqiy muxlislar maydonga tushishi uchun chiptalar narxini arzonlashtirish vaqti keldi" - deydi Lineker.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com