

Jurnalist Janluka Di Marcio xabariga ko'ra, "Torino" va "Roma" vakillari Milanda uchrashib, "Rostov" sobiq hujumchisining ehtimoliy transferini muhokama qilgan.
"Torino" futbolchini sotib olish majburiyatisiz ijaraga olmoqchi yoki klub uni sotib oladigan shartlarni belgilamoqchi.
"Roma" bunday shartlarga rozi emas, chunki ular "Lill"ning Shomurodovga qiziqishini bilishadi. Fransiya klubi hujumchi transferi uchun 13-14 million evro taklif qilishga tayyor.
Eldor Italiyada qolishni maqul ko'rardi, ammo "Lill"ning taklifini rad etish unga qiyin bo'ladi.
Futbolchining atrofidagilar va "Roma" o'rtasidagi muzokaralar davom etadi.
27 yoshli hujumchi joriy mavsum A Seriyaning 6 ta o'yinida maydonga tushib, samarali harakatlar bilan ajralib turmadi.



