

Fransiyaning "Lill" klubi o'z maydonida "Yuventus" bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi. Mezbonlar safida yagona golni Jonatan Devid urdi. Bu kanadalik hujumchi uchun YCHLda 4-o'yindagi 4-gol bo'ldi.
Bundan oldin Devid "Real Madrid" va "Atletiko" (2ta) bilan o'yinlarda gol urishga erishgandi.




