"Lill" "Atletiko" darvozaboni bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
18 avg 2021, 16:52
"Atletiko" darvozaboni Ivo Grbich faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

"Lill" ayni damda Madrid klubi bilan darvozabonning transferi bo'yicha muzokaralarning yakuniy bosqichida.

Ushbu haftada futbolchining rasmiy transferi amalga oshishi kutilmoqda. Grbich 2020/21 yilgi mavsum 1ta o'yinda maydonga tushdi va gol o'tkazib yubormadi.

Eslatib o'tamiz, "Atletiko" Ivoni 2020 yilda Xorvatiyaning "Lokomotiv" klubidan xarid qilgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Foot Mercato