Liga 1. PSJ safarda "Lill"ni yirik hisobda mag'lub qildi, Messidan gol+pas

Sherzod Nurmatov
7 fev 2022
Fransiya chempionati 23-turidan o'rin olgan "Lill" – PSJ bahsi yakuniga etdi.

Parijliklar safida gollarni Danilu Pereyra (dubl), Lionel Messi, Kilian Mbappe va Presnel Kimpembe urdi. Shuningdek, Messi, Verratti va Paredes o'z hisoblariga 1 tadan assistni ham yozib qo'yishdi. "Lill"ning yagona to'pi Ben Arfaning uzatmasidan so'ng Sven Botman tomonidan kiritildi. 

Lill – PSJ 1:5 

Per-Morua

Gollar: 0:1 – 10 Danilu Pereyra, 1:1 – 28 Botman, 1:2 – 32 Kimpembe, 1:3 – 38 Messi, 1:4 – 51 Danilu Pereyra, 1:5 – 67 Mbappe.

Lill – Grbich, Chelik, Fonte, Botman, Gudmundsson, Andre, Onana, Ben-Arfa (Gomes, 70), Vea (Bradarich, 70), Devid, Bamba (Jegrova, 86).

PSJ – Donnarumma, Xakimi, Markinos, Kimpembe (Kerer, 78), Mendesh, Danilu Pereyra, Verratti, Paredes (Simons, 85), Di Mariya (Draksler, 45), Messi, Mbappe.

Ogohlantirishlar: Paredes (45), Chelik (75), Bradarich (83).

PSJ 56 ochko to'plab, turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. "Lill" esa 32 ochko bilan 11-o'ringa joylashgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia