Liga 1. PSJ bir kishi kam bo'lib o'ynagan “Nim”ga javobsiz 4 ta gol urdi, Mbappedan dubl

Liga 1 7-turi doirasida 2 ta uchrashuv bo'lib o'tdi.

PSJ jamoasi safarda “Nim” mehmoni bo'lib, javobsiz 4 ta gol urgan holda g'alaba qozondi. Gollarning ikkitasiga Kilian Mbappe muallif bo'ldi. Yana 2 ta gol esa Alessandro Florenci hamda Pablo Sarabiya hisobiga yozildi. Qayd etish joiz, “Nim” 12-daqiqadayoq bir kishi kam bo'lib qolgandi. Landr hakam tomonidan qizil kartochka bilan siylangandi.

Nim – PSJ 0:4

Gollar: 0:1 – 32 Mbappe, 0:2 – 77 Florenci, 0:3 – 83 Mbappe, 0:4 – 88 Sarabiya.

Nim – Rene, Byurne, Landr, Migel, Paki, Kubas (Martines, 54), Do, Fomba (Alinvi, 85), Eliasson (Majuga, 85), Ripar (Kone, 84), Ru (Aribi, 67).

PSJ – Navas, Florenci (Ruis-Atil, 84), Kimpembe, Bakker, Diallo, Paredes (Errera, 11), Rafinya (Dagba, 58), Guye, Sarabiya, Kin, Mbappe (Xese, 84).

Ogohlantirishlar: Do (6), Rafinya (18), Guye (20).

Chetlatish: Landr (12).

Dijon – Renn

Gollar: 0:1 – 24 Tere, 1:1 – 53 Balde.

Dijon – Allagbe, Chala (Muzinga, 46), Shafik, Panzo, Lotoa (Mare, 79), Sammaritano (Shedler, 64), Ndong, Balde, Ebimbe (Dobre, 90), Shuyar (Diop, 79), Ekyuel-Manga.

Renn – Salen, Dalbert, Agerd, Rugani, Traore, Tere (Gboo, 64), Burigo (Doku, 81), Te, Grene (Marten, 65), Del Kastiyo (Kamavinga, 64), Girassi (Yunu, 81).

Ogohlantirishlar: Ndong (5), Shafik (58), Allagbe (70), Diop (82), Dalbert (86), Rugani (88).


Manba: Championat.asia