

Unga ko'ra, kengash Liga 1 mavsumining muddatidan oldin tugashi noqonuniy deb hisoblanishiga hech qanday sabab ko'rmadi, shu tufayli “Lion”ning arizasi qanoatlantirilmadi. Biroq, “Tuluza” va “Amen”ning so'rovlari qondirildi – Liga 1'ning 28 tur natijalariga ko'ra, ular quyi divizionga tushib kyetmaydigan bo'lishdi. Fransiya Professional Futbol Ligasiga esa 2020/21 yilgi mavsum formatini qayta ko'rib chiqish vazifasi yuklatildi.
Ma'lumot o'rnida, Fransiya davlat kengashi mamuriy ishlar bo'yicha mamlakatning eng oliy sudi hisoblanadi.



