"Lids" "Bavariya" futbolchisi uchun 20 million evro taklif etdi

Alisher
28 sen 2020
"Lids" "Bavariya" yarim himoyachisi Mikael Kyuizansni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Angliyaliklar fransiyalik futbolchi uchun 20 million evro, xavbekning o'ziga esa 5 yillik shartnoma taklif qilmoqchi.

Tomonlar hozirda bitim shartlarini muhokama qilishmoqda. Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda.

Kyuizans joriy mavsum Germaniya chempionati doirasidagi 1ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: lequipe.fr