"Leyptsig"ning yangi posboni Mvogo Bundesliga tarixidagi ilk qora tanli darvozabon bo'ladi

Aslanov Jasurbek
4 iyun 2017
"Yang Boyz" posboni Ivon-Landri Mvogo faoliyatini "Leyptsig"da davom ettiradi.

22 yoshli darvozabon 3 iyul kuni nemis klubi safiga qo'shiladi.

Mvogo Bundesliga tarixidagi ilk qora tanli posbonga aylanadi. Futbolchining ajdodlari Kamerundan bo'lishiga qaramay, u Shveytsariyada tug'ilib, katta bo'lgan.

Joriy mavsum Mvogo Shveytsariya chempionatining 35 ta uchrashuvida maydonga tushib, 44 ta gol o'tkazib yubordi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Blick