“Leyptsig” yetakchisi 2 oyga safdan chiqdi

Eldor Akmurzayev
20 dek 2021
“Leyptsig” yarim himoyachisi Emil Forsberg Bundesliga 17-tur doirasida “Arminiya”ga (0:2) qarshi bahsda jarohat oldi.

Shved bahsni asosiy tarkibda boshladi, ammo 7-daqiqadayoq zaxiraga olindi. Tibbiy tekshiruvlar natijasida Forsbergning son-chanoq bo'g'imi mushaklari shikastlangani ma'lum bo'ldi. Uning tiklanishi uchun esa taxminan 2 oycha vaqt talab qilinadi.

30 yoshli hujumkor futbolchi joriy mavsum klub libosida 25 o'yinda qatnashib, 6+2 natija ko'rsatdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: rbleipzig.com