Levandovski Messi va Ronalduni solishtirdi

Eldor Akmurzayev
22 dek 2021
“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski PSJ a'zosi Lionel Messi va “Manchester Yunayted” forvardi Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.

“Messi – barcha davrlarning eng yaxshi o'yinchisi? Professional futbolchi bo'lganimdan beri Messi va Ronaldu boshqalardan bir bosh ustun hisoblanadi. Ular o'rtasida doimo duel bo'lgan. Hammasi qaysi toifadagi o'yinchini afzal ko'rishingizga bog'liq. Krishtianu Ronalduning mehnatini xurmat qilaman. Messi uchun esa bari osondek tuyuladi. Fikrimcha, Krishtianu muvaffaqiyatga erishish uchun ko'proq ter to'kishiga to'g'ri kelgan”, deydi polshalik hujumchi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Bayern & Germany