Levandovski – IFFHS talqinida yilning eng yaxshi futbolchisi, Messi ikkinchi, Ronaldu esa ettinchi o'rinda

Sherzod Nurmatov
28 noya 2021
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) Robert Levandovskini 2021 yilning eng yaxshi futbolchisi deb tan oldi.

Polsha terma jamoasi va "Bavariya" hujuchsisi ovoz berishda 150 ochko jamg'arib, birinchi o'rinni oldi.

PSJning argentinalik forvardi Lionel Messi (105) ikkinchi, "Chelsi" va Italiya termasi xavbeki Jorjino (40) uchinchi o'rinni egalladi.

"Manchester Yunayted" va Portugaliya termasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 15 ochko bilan ettinchi o'ringa joylashdi.

Top-10 talikka shuningdek, Kevin de Bryuyne, Muhammad Saloh, Kilian Mbappe, Ngolo Kante, Janluiji Donnarumma va Erling Xoland kirdi.

Ma'lumot o'rnida, Levandovski IFFHS talqinida ketma-ket ikkinchi yil eng yaxshi deb topildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: IFFHS