Lesterlik hakam "Stok Siti" - "Tottenxem" uchrashuvidan olib tashlandi

Aslanov Jasurbek
14 apr 2016
Hakam Kevin Frend "Stok Siti" va "Tottenxem" o'rtasidagi APLning 34-tur bahsini boshqarmaydi.

Hakamlar qo'mitasi lesterlik bo'lgani uchun 44 yoshli referini bu uchrashuvda ishtirok etishiga yo'l qo'ymadi.

Frend Lesterda yashaydi va shahar jamoasining uchrashuvlariga ham tushib turadi.  "Shporlar" Premer-liga chempionligi uchun "tulkilar"ning asosiy raqibi hisoblanadi.

Shunday qilib, uchrashuvni prestonlik Nil Suorbrik boshqaradi, Fred esa "Nyukasl" - "Manchester Siti" uchrashuviga tayinlandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru