

"Tulkilar" "shaharliklar" forvardi uchun 25 mln. funt taklif qilmoqchi.
"Manchester Siti" Ixeanacho borasida turli takliflarni ko'rib chiqishga tayyor, chunki u jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola rejalariga kirmaydi. Oldinroq 20 yoshli futbolchiga "Xoffenxaym", "Everton", "Kristal Pelas" va "Vest Xem" qiziqish bildirayotgani haqida ma'lumotlar e'lon qilingan edi.
Ixeanacho so'nggi mavsum APLning 20 ta uchrashuvida maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi.



