“Lester” Shotlandiya chempionati to'purari bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi

Eldor Akmurzayev
6 iyun 2021
“Seltik” forvardi Odsonn Eduar faoliyatini APLda davom ettirishga yaqin.

Jurnalist Nikola Skira yozishicha, 23 yoshli francuz “Lester” bilan 2026 yilgacha shartnoma imzolash bo'yicha rozilik bildirgan. Klublar hujumchining transfer masalasini muhokama qilmoqda.

Eduar o'tgan mavsum Shotlandiya chempionatida 31 o'yinda qatnashib, 18 ta gol urgan holda to'purarga aylandi. Shuningdek, uning hisobida 4 ta pas ham bor edi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: NicoSchira