"Lester" Mahrezning o'rniga futbolchi topdi

Mirjalol Normatov
22 iyul 2018, 12:27
"Lester" "Manchester Siti"ga o'tib ketgan yarim himoyachi Riyod Mahrezning o'rniga boshqa futbolchi topib qo'ydi.

"Tulkilar" "Everton" vingeri Yannik Bolasini o'z safiga qo'shib olish borasidagi ishlarni boshlab yuborgan. Yaqindagina jarohatdan safga qaytgan futbolchi 20 mln evroga baholanmoqda.

"Everton" bosh murabbiyi Marku Silva yangi mavsumda uni asosiy tarkibda o'ynatmoqchi emas. Shu boisdan futbolchining transferi amalga oshishi ehtimoli katta.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror